Toshkent shahridagi Inha universiteti abituriyentlari uchun konsultatsiya kuni onlayn tarzda o‘tkazildi

12 aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universitetiga birinchi kirish imtihoniga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun konsultatsiya kuni bo‘lib o‘tdi.
 
Konsultatsiya kuni, o‘tgan yilgidek, onlayn tarzda o‘tkazildi. Ertalabdan abituriyentlarga ZOOM orqalikonsultatsiyaga kirish uchun elektron pochta manzillariga faol havolalar yuborildi. Barcha abituriyentlar uch guruhga bo‘lingan. Birinchi soat ichida tayyorlovchi kurslari talabalari bo‘lajak imtihonlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar olishdi, so‘ngra Kompyuter va dasturiy injiniring hamda Biznes va logistika fakultetlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun konsultatsiyalar o‘tkazildi.
 
Janubiy Koreyadagi Inha universiteti vakillari jarayonning texnik tomonlari: imtihon qanday o‘tkazilishi, kompyuter va smartfondan qanday foydalanish, kelishmovchiliklar qanday hal qilinishi haqida batafsil gapirib berishdi. Shuningdek, konsultatsiyalar davomida kuzatuvchilar imtihonlargaro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar identifikatsiyasini amalga oshirishdi. Toshkent shahridagi Inha universiteti ma’muriyati, o‘z navbatida, jonli efirning jarayonini kuzatib bordi.
 
“Bizda imtihon jarayonida qatnashish huquqi yo‘q, bu qoida Toshkent shahridagi Inha universiteti ochilgan birinchi kunlaridan kiritilgan. Kirish imtihonlari har doim Koreya tomonidan o‘tkaziladi, bu jarayonning shaffofligini kafolatlaydi. Bu yil ham istisno emas, yagona farq shundaki, bularning barchasi masofaviy tarzdaamalga oshiriladi. Biz bunday tajribani birinchi marta 2020 yil qo‘lladik va u muvaffaqiyatli va shaffof ekanligini isbotladi. Imtihon sinovlarini o‘tkazish usuli sifatida – savollar bilan yozma topshiriqlar, ikkinchi bosqichda esa ingliz tilida qisqa intervyu qo‘llaniladi. Ba’zi abituriyentlarimiz chet ellarda bo‘la turib, Toshkent shahridagi Inha universitetiga kirishni afzal ko‘rishadi, mening fikrimcha bu, xalqaro universitetlar o‘rtasida bizning universitetni yuqori raqobatdoshligi ko‘rsatkichidir. Barchangizga muvaffaqiyatlar tilayman, o‘z qudratingiz va bilimingizga ishoning!” – dedi Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Djalalov.
 
Eslatib o‘tamiz, ertaga, 13 aprel kuni birinchi kirish imtihonlari onlayn tarzda o‘tkaziladi. Abituriyentlar imtihonga kechikmasliklari va o‘z vaqtida barchaning shaxsiy elektron pochtasiga yuboriladigan havola yordamida ulanishlari kerak. Imtihonga kechikkan abituriyentlar qabulga qo‘yilmaydilar va ularning kirish xarakatlari bekor qilinadi.