Toshkent shahridagi Inha Universiteti birinchi kirish imtihonga hujjatlarni qabul qilish jarayonini uzaytirdi

  Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi bo’lish uchun sizda ajoyib imkoniyat bor. Ro’yxatga  o’tish muddati  2020 yil 10- aprelgacha uzaytirildi!

Siz 10- aprelga qadar Universitetimizning ikki   «Kompyuter va  Dasturiy  Injiniring» yoki «Logistika» yo’nalishlaridan biriga onlayn murojaat qilishingiz mumkin.

Buning uchun kerakli bo’lgan hujjatlar:

 

1. Universitetning rasmiy saytida onlayn ro’yxatdan o’tish.

2. Onlayn ro’yxatdan o’tish jarayonida shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etish va hujjatlarning skaner qilingan nusxalarini  yuklash:

– pasport;

– o’rta maktab, akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji diplomi;

– rasm (3,5 × 4,5);

– IELTS yoki TOEFL iBT sertifikati.

 

3. Agarda siz  maktab, litsey yoki kollejni bitirmagan bo’lsangiz, unda siz ta’lim muassasasidan  ma’lumotnoma olishingiz kerak bo’ladi.

Birinchi kirish imtihonlari:

* 25 aprel kuni «Kompyuter va  Dasturiy Injiniring» fakulteti (SOCIE): 

 

* 26 aprel kuni «Logistika» fakulteti (SOL) uchun bo’lib o’tadi.

 Ikkala fakultetda bitta ya’ni matematika fanidan imtihon topshiriladi. Ingliz tili sertifikatlarini taqdim etish majburiy hisoblanadi:

SOCIE fakulteti uchun-kamida IELTS 5 ball yoki TOEFL iBT- kamida 50 ball;

* SOL fakulteti uchun — IELTS kamida 5,5 ball yoki TOEFL iBT 71 ball bo’lishi shart.

 

Xalqaro talabalar //inha.uz/pages/185, saytda berilgan ma’lumotlarga ko’ra ingliz tilini bilish sertifikatini taqdim qilgan holda Universitetga kirish imtihonsiz qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari haqida batafsil ma’lumot uchun //inha.uz/pages/190 universitetning rasmiy  saytida  topishingiz mumkin.