Toshkent shahridagi Inha universiteti imtihonning ikkinchi bosqichi – onlayn suhbatni o‘tkazmoqda

 
Toshkent shahridagi Inha universitetida onlayn imtihonning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar uchun onlayn suhbatlar o‘tkaziladi.
 
30 iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti ikkinchi onlayn imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar ro‘yxatini e’lon qildi. 31 iyuldan 9 avgustgacha imtihonning ikkinchi bosqichi faqat imtihondan muvaffaqiyatli o‘tganlar ro‘yxatida bo‘lganlar uchun o‘tkaziladi – INHA universiteti (Koreya Respublikasi) vakillari bilan ingliz tilida onlayn suhbat.
Suhbat 7 daqiqaga mo’ljallangan bo’lib, unda abituriyentga ingliz tilini bilishning umumiy bilimi va sifatini baholash uchun istalgan savollarni berish mumkin.
13 avgust kuni abituriyentlarning natijalari e’lon qilinadi!