Toshkent shahridagi Inha universiteti onlayn imtihonlarni o’tkazish bo’yicha ishlab chiqilgan tizim asosida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan AKT maktabiga onlayn qabulni tashkil etishda yordam berdi.

 

 25-sentyabrdan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTni rivojlantirish bo’yicha ixtisoslashtirilgan maktabga 2020-2021- o’quv yili uchun kirish imtihonlari o’tkazilmoqda.  Koronavirus pandemiyasini hisobga olgan holda kirish imtihonlarini Toshkent shahridagi Inha universiteti tajribasi va sinov platformasidan foydalanib, onlayn tarzda o’tkazishga qaror qilindi.

 Ta’kidlash kerakki, joriy yilda Toshkent shahridagi Inha universitetida birinchi marta kirish imtihonlari to’liq onlayn tarzda o’tkazildi.  Shuningdek, muvaffaqiyatli tajriba aniq kuzatuv qoidalariga rioya qilish va eng yaxshi abituriyentlardan eng yaxshilarini  tanlab olish uchun mutlaqo  shaffof imtihonlarni o’tkazish salohiyatini ko’rsatdi.

 

 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan AKT maktabiga xuddi Toshkent shahridagi Inha universitetidagi kabi  imtihonlar ikki bosqichda o’tkazildi.  Birinchi bosqichda onlayn testlar va mantiqiy topshiriqlar bo’lib, ular proktorlar va mutaxassislarning qat’iy nazorati ostida onlayn tarzda bajariladi.  Ikkinchi bosqichda esa   birinchi bosqich sinovini muvaffaqiyatli topshirgan talabalar  onlayn suhbatda o’tadilar.

 

 “Toshkent shahridagi Inha universitetining xalqaro va mahalliy mutaxassislari ham maktabning onlayn imtihonlarida ekspert sifatida qatnashadilar.  Onlayn imtihonlarni o’tkazish bo’yicha Koreya tajribasini bo’lishishdan xursandmiz.  Qabul markazining axborot tizimida sinovlarni adolatli va haqqoniy o’tkazish uchun hamma narsa eng kichik detallargacha hisobga olingan.  Bunda noutbuk monitorining joylashuvi, yozuv rejimidagi telefon, ovoz va boshqalar hisobga olinadi.  Juda muhim va mas’uliyatli ish jarayonning barcha tafsilotlarini yozib boradigan kuzatuvchilarning yelkasiga tushadi.  Shuni ta’kidlamoqchimanki, kirish imtihonlarini bunday tashkil etish  O’zbekistonda birinchi marta o’tkazilmoqda. «  – dedi o’quv ishlari bo’yicha birinchi prorektor Li Dong Von.