Toshkent shahridagi Inha universitetida 2021 yilning uchinchi yakuniy imtihoni bo’lib o’tdi.

2021-2022 o’quv yilida Toshkent shahridagi Inha universiteti 420 talabani o’qishga qabul qilishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o’tamiz, bu yil abituriyentlar uchun Toshkent shahridagi Inha universitetiga kirish imtihonlari 3 marta o’tkazildi:
1) Faqat shartnoma asosida;
2) Shartnoma va grant asosida;
3) Faqat shartnoma asosida.

Kirish imtihonlari har bir fan bo’yicha 20 ta savol bilan yozma ravishda o’tkazildi. Javoblarga 60 daqiqa vaqt beriladi. Savollar (umumiy) o’rta ta’lim uchun standart o’quv rejasi asosida tuzilgan.

Ochiq va oshkora imtihon jarayonini o’tkazish va nazorat qilish uchun Janubiy Koreyadagi Inha universiteti professor-o’qituvchilari Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurishdi.

Ta’kidlab o’tamizki, har bir imtihon xonasida abituriyentlarning ota -onalariga va barchaga butun jarayonni onlayn ravishda ko’rish imkoniyatini beradigan jonli translyasiya mavjud.