Toshkent shahridagi Inha universitetida ikkinchi kirish imtihonlari o‘tkazilmoqda

24 va 26 iyun kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
Joriy yilning 24-iyun kuni grant asosida “Kompyuter va dasturiy injiniring” fakultetiga, 26-iyun kuni esa “Biznes va logistika” va “Kompyuter va dasturiy injiniring” fakultetlariga shartnoma asosida kirish imtihonlari o‘tkazildi.
“Kompyuter va dasturiy injiniring” fakultetiga kirish imtihonlari har bir fan bo‘yicha (fizika va matematika) yozma shaklda o’tkazilinib 20 ta savoldan iborat bo’ladi. Imtixon uchun 100 daqiqa vaqt beriladi. “Biznes va logistika” va “Kompyuter va dasturiy injiniring” fakultetlariga (shartnoma asosida) kirish imtihonlari yozma shaklda bo’lib 20 ta savoldan iborat bo’ladi. Javoblar uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.
Imtihon jarayonini ochiq va shaffof o‘tkazish va nazorat qilish maqsadida Janubiy Koreyaning Inha universiteti professor-o‘qituvchilari Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdilar.
Shuni ta’kidlash joizki, imtixonlarni shaffofligini online tarzda kuzatishni istagan abituriyentlarning ota-onalari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.