Toshkent shahridagi Inha universitetida uchinchi yakuniy imtihon kunduzgi shaklda bo’lib o’tadi

29-30 iyul kunlari Toshkent shahridagi Inha universiteti kirish imtihonlarini topshirish uchun ro’yxatdan o’tgan abituriyentlarga o’z eshiklarini ochadi. Ochiq va shaffof imtihon jarayonini o’tkazish va nazorat qilish uchun Janubiy Koreyadagi Inha universiteti professor-o’qituvchilari Toshkent shahridagi Inha universitetiga etib kelishadi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti rahbariyati rektor Muzaffar Djalalov boshchiligida barchaga yaqinlashib kelayotgan kirish imtihonlarini topshirishda muvaffaqiyatlar tilaydi va sizni IUT talabasi sifatida ko’rishdan xursand bo’ladi!