Toshkent shahridagi Inha universitetiga birinchi kirish imtihoni onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi

2021 yil 13 aprel kuni Kompyuter va dasturiy injiniring fakultetiga birinchi kirish imtihoni onlayn tarzda o‘tkazildi.
 
Ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tgan barcha abituriyentlar ikkita guruhga bo‘lindi – Biznes va logistika hamda Kompyuter va dasturiy injiniring fakultetlari.
 
Abituriyentlar bir vaqtda ZOOM ilovasi yordamida onlayn imtihonning faol havolasiga kirib, topshiriqlarni kompyuterlariga yuklab olib, ularni yechishni boshladilar. Bu yil Kompyuter va dasturiy injiniring fakulteti uchun matematikadan 7 ta va fizikadan 3 ta savol berilgan bo‘lib, 30 daqiqa ichida yozma ravishda yechilishi kerak edi. Belgilangan vaqt o‘tganidan so‘ng, abituriyentlar javob varag‘ini ZOOM orqali nazoratchiga namoyish etib, so‘ngra ushbu varaqni smartfonga suratga olib, tekshirish komissiyasiga yuborishlari kerak. Tekshirish jarayonida ZOOM  orqali ko‘rsatilgan vazifalar elektron pochta orqali yuborilganlar bilan taqqoslanadi.
 
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyadagi Inha universiteti vakillari imtihon jarayonini ZOOM orqali kuzatdilar. Toshkentdagi universitet vakillaridan xech biri ham nazoratga qo‘yilmagan. Imtihonda Koreya universitetining 50 vakili qatnashdi.
 
Ertaga, 14 aprel kuni Biznes va logistika fakulteti abituriyentlari uchun imtihon bo‘lib o‘tadi.
 
Imtihon natijalari e’lon qilinganidan so‘ng, undan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar Koreya Respublikasidagi Inha universiteti vakillari bilan ingliz tilida o‘tkaziladigan onlayn suhbatga taklif qilinadi.