Toshkent shahridagi Inha Universitetining birinchi kirish imtihonlari qoldirildi

 

Toshkent shahridagi Inha Universiteti 2020 yil 31 mayda o’tishi kerak bo’lgan birinchi kirish imtihonlarini qoldirishga qaror qildi.

Mamlakatimizda va shu qatorda dunyo bo’ylab COVID-19 epidemiyasi sababli davom etayotgan karantin choralari tufayli Toshkent shahridagi Inha Universiteti va Janubiy Koreyadagi INHA Universiteti rahbariyatlari bilan kelishilgan holda birinchi kirish imtihonlari qoldirildi.

Ikkala tomon ham birinchi kirish imtihonlarini to’liq o’tkazish uchun barcha imkoniyatlarni yaratishga harakat qilmoqdalar. Yangi sana shu hafta oxiriga qadar Universitetning rasmiy veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilinadi.