Toshkent shahridagi Inha Universitetining birinchi kirish imtihonlarni may oyiga qoldirildi

 

Mamlakatimizda COVID-19 epidemiyasi tarqalgani va karantin munosabati bilan, Toshkent shahridagi Inha universiteti birinchi kirish imtihonlarini apreldan may oyiga qoldirishga qaror qildi.

Yangi jadval bo’yicha ikkala fakultet uchun birinchi kirish imtihonlari – «Kompyuter va dasturiy injiniring» (SOCIE) va «Logistika» (SOL) – 2020 yil 31 may oyida bo’lib o’tadi. Eslatib o’tamiz, birinchi imtihon faqat shartnoma asosida o’qishni o’z ichiga oladi.

Hujjatlarni onlayn ro’yxatdan o’tish muddati avvalgidek 10- aprelgacha davom e’tmoqda.

Buning uchun:

1. Universitetning ra’smiy sayti orqali ro’yxatdan o’tish.

2. Onlayn ro’yxatdan o’tish jarayonida shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etish va hujjatlarning skaner qilingan nusxalarini  yuklash:

– pasport;
– o’rta maktab, akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji diplomi;
– rasm (3,5 × 4,5);
– IELTS yoki TOEFL iBT sertifikati.

Ikkala fakultetga faqat bitta Matematika fanidan imtihon bo’lib o’tadi. Kerakli sertifikatlarni taqdim etish majburiy.

• SOCIE fakulteti uchun — IELTS kamida 5 ball yoki TOEFL iBT — kamida 50 ball;

• SOL fakulteti uchun — IELTS kamida 5,5 ball yoki TOEFL iBT — kamida 71 ball.

Bugungi kunda paydo bo’lgan vaziyatlar tufayli universitetni qabul qilish qo’mitasi barcha abituriyentlar uchun hujjatlarni topshirish tartibini soddalashtirdi.

Qoidaga muvofiq agarda abituriyent hali maktablitsey yoki kollejni tugatganligi togrisida diplom olmagan bolsau holda talim muassasasidan sertifikat taqdim etish kerakAmmo, barcha ta’lim muassasalari karantin tufayli yo’piqligini hisobga olgan holda buni amalga oshirish mumkin emas. Shu munosabat bilan, universitetni qabul qilish komissiyasi abituriyentlardan sertifikat talab qilmaydi. Ammo! Karantin muddati tugagach, ushbu sertifikatni kirish imtihondan oldin topshirishingiz shart bo’ladi.

** Shuningdek IELTS yoki TOEFL iBT sertikfikatlariga ega bo’lmagan abiturientlar ham hujjat topshirishlari mumkinammo berilgan muddatga qadar taqddim etishlari shart. Muddat 2020yil, 5-Avgust oyiga qadar.

Xalqaro talabalar Universitet saytda ko’rsatilgan talablarga javob bergan holda Universitetga imtihonsiz qabul qilinadi va ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi sertifikat taqdim etiladi.

Qabul va imtihonlar haqida batafsil ma’lumotni  Universitetning rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Qiziqtirgan barcha savollar bilan: +998 71 289 99 99 (ichki  0129 va 0124) raqamlari orqali murojat qilishingiz mumkin.