Toshkent shahridagi Inxa Universiteti abituriyentlari uchun konsultatsiya(maslahat) kuni bo’lib o’tdi

 

Toshkent shahridagi Inxa Universitetida 20 iyul kuni «Kompyuter va dasturiy injenering»yo’nalishi abituriyentlari kontrakt asosidagi ikkinchi kirish imtihonlariga  ro’yhatdan o’tish uchun  konsultatsiya (maslahat)kuni bo’lib o’tdi.
Konsultatsiya (maslahat)kuni online asosida o’tkazildi.Abituriyentlar ertalab faol ssilka pochtasi yordamida Zoom orqali konsultatsiyaga bog’lanishdi.
Janubiy Koreya shahridagi Inxa Universiteti kuzatuvchisi har bir abituriyentga jarayonga texnik jihatdan alohida yondashish lozimligini:xuddi imtihon jarayoni ketayotgandek ,kompyuter va smartfondan to’g’ri foydalanish,munozarali vaziyatlarni to’g’ri hal qila olish masalalarini alohida aytib o’tdi.Imtihonga ro’yxatdan o’tgan abituriyentlar hatto  konsultatsiya jarayonida kuzatuvchi yordamida identifikatsiya raqamlarini tekshirib olishdi.Toshkent shahridagi Inxa Universiteti adminstratsiyasi, o’z navbatida ,to’g’ridan -to’g’ri translyatsiyada kuzatib turishdi.
22iyul kuni «Kompyuter va dasturiy injenering»yo’nalishi  grant asosidagi,»Logistika «yo’nalishi shartnoma asosidagi abituriyentlar uchun konsultatsiya (maslahat)kuni bo’lib o’tadi.
Eslab qoling,21 iyul kuni ikkinchi marotaba «Kompyuter va dasturiy injenering»yo’nalishi -kontrakt asosidagilar uchun  kirish imtihonlari online tarzda o’tkaziladi,23 iyul kuni «Kompyuter va dasturiy injenering»yo’nalishi grant asosidagilar,»Logistika «yo’nalishi -kontrakt asosidagilar uchun kirish imtihonlari o’tkaziladi.
Eslatma,abituriyentlar imtihonga kech qolmasligi va ssilka orqali vaqtida ulanishi,shaxsiy pochta orqali o’z vaqtida yuborishi.Imtihonga kech qolgan abituriyentlar qabul qilinmaydi va qayta ulanishga ruxsat berilmaydi.