EPAM Uzbekistan

13-oktabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari EPAM O’zbekiston IT-kompaniyasi bilan uchrashishdi.

Kompaniya vakillari Vitaliy Davidov, Marina Ten va Baxtiyor Ahmedov IT sohasida karyerani qanday boshlash kerakligi va EPAM o’quv markazida (//training.epam.uz/) bepul ta’lim olish imkoniyatlari haqida so’zlab berishdi (//training.epam.uz/). Bundan tashqari, universitet mehmonlari talabalarning savollariga javob berishdi va IT sohasida endigina faoliyat boshlayotgan hamda butun dunyo bo’ylab EPAM jamoasining bir qismi bo’lgan hamkasblarining muvaffaqiyat tarixi bilan bo’lishishdi.

EPAM hozirda dunyoning 35 dan ortiq mamlakatlarida tarmoqlari bo’lgan global IT -kompaniya hisoblanadi. Siz instagram ijtimoiy tarmog’ida kompaniya xodimlari bilan tanishishingiz, o’zingiz uchun foydali ma’lumotlarni topishingiz va joriy o’quv guruhlari haqida birinchi bo’lib bilib olishingiz mumkin: //www.instagram.com/epam.uzbekistan/

Treninglar haqida batafsil: //training.epam.uz/

EPAM haqida batafsil: //www.epam.com/about