Toshkent shahridagi Inha universiteti IT-inkubatsiya markazini tashkil etish bo’yicha tajriba almashdi

12 yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida universitet huzuridagi IT-inkubatsiya markazini tashkil etish bo’yicha tajriba almashish doirasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda Qishloq xo’jaligi vazirligi, Suv xo’jaligi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti vakillari ishtirok etdilar. 
Rektor v.b. Muzaffar Djalalov qisqa nutq so’zladi. So’ngra faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologik qo’llab-quvvatlash markazi rahbari Zafar Davlatov hamda hamkorlik va homiylikni rivojlantirish bo’limi rahbari Gulshan Hayitova IUT inkubatsiya markazi qanday paydo bo’lganligi, mazkur markazning maqsad va vazifalari, talabalarning startap-loyihalarini qo’llab-quvvatlash va kelajakdagi rivojlanish rejalari haqida taqdimot qildi