Toshkent shahridagi Inha universitetida «IT-Talk: Startups 2020» bo’lib o’tdi

 

Toshkent shahridagi Inha universitetida «IT-Talk» nomi bilan bir qator tadbirlar boshlandi. Birinchi tadbir » Startup»mavzusiga bag’ishlandi.

31 yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida birinchi «IT-Talk: Startups 2020» tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirni universitet rektori v.b. Muzaffar Djalalov kirish so’zi bilan ochdi. M.Djalalov uchun bunday muhim IT-tadbirlarida ishtirok etish har doim muhim ekanligini ta’kidladi. So’ngra so’z Prezident maslahatchisining birinchi o’rinbosari Ulug’bek Muhammadiyevga berildi.

«Avvalom bor bugungi kunda oz bilimi ,tajribalari bilan qatnashib va Uzbekiston Respublikasining rivojlanishiga o’z hissasini qo’shib kelayotgan talabalarga minatdorchilik bildiraman. Prezidentimizning takidlashlari bo’yicha bugungi kunga kelib yoshlarimizning ilm-fan, iqtisodiyot va ta’limni rivojlantirish talablari, yoshlarimiz kelajagini va ularning yo’nalishini belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib o’tdilar. Men texnologiya sohasi bilan tanishman, o’zim ham Milliy universitetni tamomlaganman, ammo universitet nomi Toshkent davlat universiteti deb nomlanar edi. Bizning maqsadimiz – IT-sohasini yurtimizda yanada tez va sifatli rivojlanishida IT sohasidagi barcha õquv muassasalari bilan hamkorlik qilishdir. Shunday qilsak aynan shu IT-sohasi ancha tez rivojlanadi.Takidlash joizki ta’lim sohasida eng muhimi bu vaqt va biz undan unimli foydalanishimiz kerek.Shu qatorda viloyat va qishloqlarda ham IT-sohasiga tegishli kerak bo’lgan barcha sharoitlani yaratib berishga harakat qilmoqdamiz. Biz iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlaymiz, har qanday rag’batlantiruvchi tanlov va tadbirlarni o’tkazishga tayyormiz», – dedi Prezident yordamchisining birinchi o’rinbosari Ulug’bek Muhammadiev. 

O’zining rag’batlantiruvchi nutqidan so’ng, deputat o’rinbosari talabalarga savollar berishni yoki o’z takliflarni bildirishlarini aytib o’tdi. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi ko’plab tadbirlardan foyda yoq deya shikoyat qildi. Inha talabalari yaqinda viloyatlarda Oliy ta’limni ommalashtirish bo’yicha olib borilgan kampaniyasi haqida gapirishdi va bunday tadbirlar ko’proq bo’lishi kerakligini ta’kidladilar. Shuningdek talabalar ta’lim tizimini takomillashtirish tarafdori bo’lishdi. 

Tadbirni mahalliy tadbirkorlar va IT-sohasidagi mashhur shaxslar yakunladilar. Ular orasida «Office market va Dekos» kompaniyalarining asoschisi va rahbari Xasan Mamasaidov, «One Million Coders» loyihasi treneri, IT-Park menejeri Dilmurod Nasibullaev, Khan akademiyasining asoschisi Nigora Arifjonova, tadbirkor Bobir Oqilxonov, Intellektual dasturiy ta’minot rahbari Sherzod Usmonov, SAP Uzbekistan vakili Hasan Shoyromov, IT-parkning innovatsion direktor o’rinbosari Abdulahad Kuchkarov.

Tadbirda so’zga chiqqanlar biznesdagi shakllanish tarixi bilan o’rtoqlashdilar, IT-segmentidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar, shu bilan birga Prezidentning Parlamentga yo’llagan nutqida aytib o’tilgan fikrlarni ta’kidladilar. Ta’kidlash joizki, sessiya bilan bir qatorda Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari va al-Xorazmiy nomidagi IT-maktab o’quvchilari  universitetning “B” blok binosida ko’rgazma tashkilashtirdilar.