King Sejong institutida koreys tili kurslarida yuqori natijalarga erishgan talabalar uchun ajoyib imkoniyatlar mavjud.
2022-yil 5-oktabrdan 11-oktabrgacha Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi King Sejong instituti King Sejong jamg‘armasining to‘liq homiyligi ostida eng yaxshi talabalar uchun Koreyada amaliyot dasturini tashkil qildi. Ushbu Koreyaga sayohat qilish imkoniyatini TShIU qoshidagi King Sejong instituti talabasi Baxridinova Aziza koreys tilidagi notiqlik tanlovi natijalariga ko‘ra qo‘lga kiritdi🍀