Digital Generation

 

22 iyun kuni besh kunlik «Digital Generation» lagerining tantanali yopilish marosimi bo’lib o’tdi.

Eslatib o’tamiz, Digital Generation Lager Toshkentdagi Inha universiteti strategiyasining yagona loyihasi bo’lib, Yoshlar Ittifoqi bilan birgalikda «Digital Generation» (DG) singari birlashma jamoasini yaratadi.Lagerning besh kunlik dasturida ustozlar tomonidan beshta tanlab olingan yetakchi fanlardan taqdimotlar bo’lib o’tdi, jumladan:

· Dasturlash;

· Robotatexnika;

· Media va raqamli marketing;

· Dizayn;

· Kibersport.

Lager ishtirokchilari loyihalarni yaratish bo’yicha har kuni turli-tuman amaliy bilimlarga ega bo`lishdi, IT sohasida olgan bilimlarini qo`llashni sinab ko`rish imkoniga ega bo`lishdi.Har kuni Digital Generation ishtirokchilari bir kun mobaynida o’zlari o’rgangan narsalarni taqdim etishdi va o`qituvchilardan tegishli fikrlarni va baholarni oldilar.

Oxirgi kuni  guruhlar yakuniy loyihalarni taqdim etdilar va har bir ishtirokchiga sertifikatlar topshirildi.