Ko’ngilochar matematika «Touch Math» festivalida rekord darajasidagi ishtirokchilar qatnashdi

 

17 yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida uch kunlik «Ko’ngil ochar matematika» o’quv-amaliy festivali yakunlandi. Uch kun davomida universitetga rekord darajadagi 15 000 dan ortiq ishtirokchilar tashrif buyurdilar.

Tadbir qiziqarli ko’ngilochar shaklda tashkil etilib:qiziqarli mashiqlar va turli matematika faniga bogliq bo’lgan qiziqarli oyinlardan iborat edi. Festivalning asosiy maqsadi – matematika juda qiziqarli va onson fan ekanligi namoyish etildi.

Festivalda Janubiy Koreyaning 20 dan ortiq va bundan tashqari 30 ta mahalliy matematika o’qituvchilari murabbiy sifatida qatnashdilar.

Tadbirga tashrif buyurganlarning ko’pi poytaxtdagi oliy va o’rta maxsus maktab talabalaridan iborat edi.
Eslatib o’tamiz, «Ko’ngil ochar matematika» birinchi o’quv-amaliy festivali 2016- yil yanvar oyida bo’lib o’tgan.