O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifi bilan qabul qilingan uchinchi tashabbusni amalga oshirish uchun Toshkent shahridagi Inha universiteti IT-akademiyasi uchun loyihani ishlab chiqdi

Prezidentning uchinchi tashabbusi IT-akademiyani ochish dasturi loyihasi aholi va yoshlar tomonidan kompyuter texnologiyalari va Internetdan samarali foydalanishni o`z ichiga oladi.

2019 yil 18-may kuni poytaxtimizning Uchtepa tumanida IT-akademiyasi ochildi.

IUT O’quv markazining bazasi asosida kompyuter savodxonligi, «Yo’naltiruvchi», «Scratch», «App Inventor» va boshqa dasturlar bo’yicha umumiy kurslarni tashkil qiladi.
O`quvchilarning ta`lim olishlari uchun Toshkent shahridagi Inha universitetining xorijiy va mahalliy o’qituvchilari IT-Akademiyaga jalb qilinadi.

Shuningdek, Uchtepa tumanidagi Seul bog’ida Toshkent shahridagi Inha Universiteti, vazirliklar hamda idoralar boshchiligida «Yoshlar o’rtasida texnik bilimlarni oshirish» mavzusida tadbir o’tkazildi.
Tadbir davomida Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari robotshunoslik va mobil ilova App Inventor dasturini ishlab chiqish bo’yicha amaliy mashg’ulotlar olib borishdi, shuningdek, Sun’iy Intellekt mavzusi borasida loyihani ham taqdim etishdi.