Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari SAP Akademiyasida ta’lim olishni boshladilar

Toshkent shahridagi Inha universitetining 20 nafar talabasi SAP S / 4HANA Academy talabalar dasturida qatnashish uchun saralab olindi.

24-sentabrda uch oylik onlayn kurs boshlandi. Kurs doirasida ishtirokchilar SAP yechimlari asosida aqlli texnologiyalar qanday ishlashini, shuningdek, biznes-jarayonlarni optimallashtirishni o’rganadilar. Dasturning eng yaxshi bitiruvchilari SAP yoki Akademiyaning hamkor kompaniyalariga ishga joylashish imkoniyatiga ega bo’lishadi🤩👏🏼