Toshkent shahridagi Inha universitetida Inha Tashkent Summer School 2021 birinchi smenasining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

TIU qoshidagi yozgi maktabning birinchi smenasi tugashi munosabati bilan 2021 yil, 11 iyun kuni universitetda bolalar va ota-onalar uchun tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
 
 
Yopilish marosimida so‘zga chiqqan bosh menejer Rustam Kazakov, Inha universitetidagi yozgi oromgohga bo‘lgan ishonch uchun mehmonlarning barchasiga minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, Inha Tashkent Summer School 2021da bolalar qisqa muddat davomida bo‘lganiga qaramay, robototexnika, 3D modellashtirish, matematika va ingliz tili kabi fanlardan ko‘p foydali bilimlarga ega bo‘lganlarini ta’kidlab o‘tdi.
 
 
Yopilish marosimi eng yaxshi o‘quvchilarga sertifikatlar topshirish, hamda bolalar uchun rang-barang ko‘ngilochar shou bilan davom etdi.
 
 
Inha Tashkent Summer School 2021ning ikkinchi smenasiga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda.
 
 
Aloqa uchun telefon raqami:
 
 
+(998) 99 882 17 33
 
 
+(998) 71 289 99 95
 
 
+998 71 289 99 99 (0301,0302, 0303)