TshIU OKMK va NBU xodimlari uchun Oracle korporativ kurslarini boshladi

20-sentabrda Toshkent shahridagi Inha universitetida Oracle korporativ kursi boshlandi.
Tadbirning ochilishida TshIU rektori M.DJalalov, OKMK O’quv markazi xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo’limining oliy o’quv yurtlari bilan ishlash bo’yicha yetakchi muhandisi U. Igamberdiev, NBU AT bo’limi boshlig’i A. Kenjaev kirish nutqi bilan ishtirok etdilar.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va O’zbekiston Milliy banki Toshkent shahridagi Inha universiteti Vasiylik kengashi a’zolaridir. Tashkilotlar o’rtasida kadrlar tayyorlash va professional tajriba almashish borasida yaqin hamkorlik aloqalari o’rnatilgan.

AMMK va NBU vakillari TshIU talabalari uchun murabbiy vazifasini bajaradilar, Universitet esa o’z navbatida tashkilot xodimlari o’rtasida IT -ko’nikmalarini rivojlantirishga hissa qo’shadi.
Bugun boshlangan korporativ kurslar mustahkam hamkorlikni rivojlantirishning navbatdagi qadamiga aylandi.