TShIUda UTM talabalariga diplom topshirish marosimi bo’lib o’tdi

2022-yilning 15-iyul kuni Uzluksiz ta’lim markazi (UTM) talabalariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir dasturi doirasida eng yaxshi bitiruvchilar yig‘ilganlar oldida so‘zga chiqib, o‘qituvchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.

Ta’lim markazi tarixida birinchi bor Toshkent shahridagi Inha universitetiga tayyorlov kursining 4 nafar talabasi byudjet asosida o‘qishga kirdi.

Shuningdek, 20 nafar 10-sinf o‘quvchilari Toshkent shahridagi Inha universitetiga o‘qishga kirdi va ular 11-sinfdan so‘ng universitetda o‘qishni boshlashlari mumkin.

Barcha UTM bitiruvchilarini tabriklaymiz va ularga muvaffaqiyatlar tilaymiz!