TShIUning Uzluksiz Ta’lim Markazida konsultatsiya kuni bo’lib o’tdi

2022-yilning 26-avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Uzluksiz ta’lim markazi (UTM) tayyorlov kurslari talabalari uchun konsultatsiya kuni bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida TShIU rektori M.Djalalov hamda universitet talabalari va xodimlari so‘zga chiqdi. Ishtirokchilar Toshkent shahridagi Inha universitetiga o‘qishga kirish, tayyorlov kurslari, shuningdek, CEC.Inha.uz platformasidan foydalanish bo‘yicha ko‘plab foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Tadbir davomida 2021/2022 yil o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga sertifikatlar topshirish marosimi ham bo’lib o’tdi.
Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi uzluksiz taʼlim markazi matematika, ingliz tili va fizika kabi tayyorlov kurslarni oʻz ichiga oladi. Joriy yilda 2022/2023 o‘quv yili uchun TShIUning UTM quyi kurslariga rekord darajada, ya’ni 260 nafar talaba qabul qilindi.