MBA in digital transformation

👏🏼7 -sentabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida magistrantlar uchun konsultatsiya kuni bo’lib o’tdi.

Ochilish marosimida universitet rahbariyati ishtirok etdi.

Eslatib o’tamizki, bu yil birinchi marta «Raqamli transformatsiyadagi MBA» magistratura dasturiga qabul jarayoni bo’lib o’tdi.

Ushbu kunduzgi ta’lim shaklidagi dastur kelajakdagi innovatsion yosh avlodni raqamli transformatsiya va ilg‘or texnologiyalari bilan bog‘liq misli ko‘rilmagan biznes muammolarni hal qilishga va raqamli texnologiyalar va strategiyalarni biznesga samarali ravishda birlashtira oladigan professional menejerlarni tayyorlashga mo‘ljallangan.

Sizni kutmoqda:

-moslashuvchan mashg‘ulotlar tizimi

-xalqaro MBA diplomi

-Janubiy Koreyadagi yirik kompaniyalarda biznes – amaliyot

-innovatsion o‘quv dasturi

-chet ellik professorlar

Biz magistrant talabalariga kelgusi o’qishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz va aynan bizning Universitetimizni tanlaganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz! 🤩