Hurmatli talabalar! Koronavirusning COVID-19 tarqalishining oldini olish maqsadida O’zbekiston Respublikasida barcha o’quv muassasalarda ikki haftaga karantin e’lon qilindi

Shu munosabat bilan:


16- martdan boshlab universitet barcha talabalar uchun yopiq!
Barcha imtihonlar keyingi xabarnomaga qadar so’ngi muddatda o’tqaziladi !
Viloyatlardan kelgan barcha talabalar seshanba kuniga qadar o’z viloyatlariga qaytishlari kerak (uyingiz xavfsiz joy).
Talabalar poezd va avtobus chiptalarini sotib olishda 50% chegirmaga ega bo’ladilar.
Iltimos, uyingizga kelganingiz haqida Talabalar bo’limiga xabar berishingizni so’raymiz: @Gulshan_kh yoki @MHikmatovich.
Shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishingizni so’raymiz: ko’chada har hil odamlar bilan aloqa qilmaslik, qo’lingizni antibakterial sovun bilan yuvish, immunitetni mustahkamlash va odam gavjum joylarga tashrif buyurmaslik.

Biz sizning ongingizga ishonamiz har doim sog va salomat bo’lin!

«Ushbu xabar IUT talabalari uchun rektor Djalalov Muzaffar tomonidan taqdim etildi»