TshIU talabalari jamoalari Techstars Startup Weekend 2022-da sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari (EduCheck va Hashar jamoalari aʼzolari) 54 soatlik Startup weekend Tashkent 2022 intensivda ishtirok etishdi.

EduCheck jamoasi Computer Vision texnologiyasidan foydalangan holda talabalarning davomatini avtomatlashtirish uchun startapni amalga oshirdi. Ular 10 ta startap orasida birinchi o‘rinni egalladi!
Ishtirokchilar o‘z startapini Toshkent shahridagi Inha universitetida o‘quv jarayoniga joriy etishni, shuningdek, kelajakda tizimning funksional imkoniyatlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Hashar jamoasi esa yollanma ishchilar xizmatlari bozorini avtomatlashtirish g‘oyasini ilgari surdi. Ular mobil ilovani yaratdilar, unda ish beruvchilar o’z uylarida qulay bo’lgan holda eng yaqin ishchi bilan bog’lanishlari mumkin. Bundan tashqari, ular ishchilarni reyting bo’yicha saralash imkoniyatiga ega. Hashar loyihasi “Ijtimoiy mas’uliyat” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi.