TIU talaba qizlari tanlovning shahar bosqichida g‘olib bo‘ldi

“O‘zbekiston xotin-qizlarning 100 innovatsion fikrlari” tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahridagi Inha universitetining talaba qizlari tanlovda o‘zlarining ijtimoiy muhim muammolarni hal etishga qaratilgan innovatsion loyihalari bilan faol ishtirok etdi.   
 
Ekspert komissiyasi eng yaxshi ishtirokchilarni tanlab oldi, ular qatorida g‘olib bo‘lgan hamda yakuniy respublika bosqichiga yo‘llanma olgan Inha universitetining qizlari ham bor.
 
Ushbu tanlov xotin-qizlarning innovatsion fikrlari, loyihalari va ishlanmalarini tadbiq etishga ko‘maklashish, fanlar, ta’lim, turli iqtisodiyot sohalarida hamda ijtimoiy hayotda ularning faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy ishlar doirasida tashkil etildi.