Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari tomonidan shifokorga masofadan yozilish mobil ilovasi ishlab chiqilmoqda

 

Kerakli mutaxassisni topish, klinikani tanlash, qulay kun va vaqtda shifokor bilan uchrashishning oson yo’li. Talabalar tomonidan ishlab chiqilgan MyHealth mobil ilovasi bularning barchasini tezda va eng muhimi masofadan turib bajarishga yordam beradi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti Kompyuter va dasturiy injiniring fakultetining 2-bosqich talabalari Abdulatif Ubaydullaev va Azizjon Rahimovlar juda dolbzarb ilova mualliflaridir. Ilova  mualliflarining fikriga ko’ra, bunday dasturni yaratish g’oyasi shifokorga bo’lgan navbatdagi tashrifidan so’ng paydo bo’ldi.

«Yaqinda o’zim shifokorga murojaat qilishga majbur bo’ldim. Men, albatta, pandemiya vaqtida mutaxassislarni topish va faoliyat yuratayotgan  tibbiy klinikalarda yuzaga kelgan barcha noqulayliklarni inkor etaman. Birinchi tekshiruv shaxsan shifokor tomonidan o’tkazildi.  Keyingi barcha maslahatlarni Telegram orqali o’tkazdi. Shundan keyin menga butun jarayonni avtomatlashtirish g’oyasi keldi: shifokorni topishdan tortib, dorilarni qabul qilish vaqti to’g’risidagi eslatmar», – deb ta’kidladi talaba Abdulatif Ubaydullaev.

Dasturchilarning asosiy maqsadi barcha tibbiy markazlarni global platformada birlashtirish, unda bemorlar klinika tanlash imkoniga ham ega bo’ladilar va tibbiy klinikalar orasida sog’lom raqobat paydo bo’ladi.

«Ilova, shuningdek, viloyatlar aholisi uchun poytaxtda shifokorlar va klinikalarni topish jarayonini ancha soddalashtiradi, navbat kutmasdan mutaxassislar bilan masofadan turib yozilish, keyinchalik esa shifokor bilan bog’lanib,bemorning umumiy holati haqida suhbatlashish va davolanishni imkonini beradi. Bularning barchasi onlayn  ilova orqali amalga oshiriladi», – deya qo’shimcha qildi talaba Azizjon Rahimov.

Hozirda dastur ishlab chiqilmoqda. Shu bilan bir qatorda, hamkorlar va xususiy tibbiyot markazlari bilan muzokaralar olib borilmoqda.