Toshkent shahridagi Inha universitetining www.Inha.uz sayti undan sitata keltirish bo‘yicha yetakchi bo‘ldi

“Vebometriks” (Webometrics) universitetlarning xalqaro reytingi ma’lumotiga ko‘ra Inha.uz sayti Google Scholar Citations (GSC) servisida 2018 yil natijasi bo‘yicha O‘zbekiston OO‘Yuning professor-o‘qituvchilari tomonidan sitata keltirish bo‘yicha lider bo‘ldi.
 
 
Inha.uz saytidan sitata keltirish indeksi 872 ni tashkil etdi, undan so‘ng tma.uz (649) hamda tashiit.uz (610) turadi. Ushbu ko‘rsatgich universitet chetdan qaraganda odamlar uchun qanchalik qiziqarliligi, saytning ko‘rinishi, shuningdek undan sitata qilinayotgan narsalarni ishonchliligini namoyish qiladi.
 
Ta’kidlash joizki Webometrics universitetlarning to‘liq ta’lim sohasidagi faoliyatini emas, balki OO‘Yuni internet maydonidagi vakilligini tahlil qiladi. Webometrics reytingi universitetlarni ilmiy-tadqiqot yutuqlarini bilvosita ularning internet saytlarini taqqoslash orqali baholash imkonini beradi. 
 
Universitet rahbariyati doimiy ravishda olinadigan ta’limning sifatini oshirishga va universitetni yangi bosqichga olib chiqishga, uni nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda yoki MDH hududida eng yaxshi oliy o‘quv yurtiga aylantirishga intiladi.
 
Shuni faxr bilan ta’kidlash mumkinki, Toshkent shahridagi Inha universitetida fan doktori ilmiy unvoniga ega yuqori malakali mutaxassislar va o‘qituvchilarning professional jamoasi mehnat qilmoqda. Ayni paytda 37 dan 21 nafar o‘qituvchi xorijdan tashrif buyurgan bo‘lib, bu umumiy hisobdan 57% ni tashkil etadi.