TShIUda «AntiHack Challenge» turniri o’tkazildi

2022-yil 11-avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida kiberxavfsizlik bo’yicha «AntiHack Challenge» turniri bo’lib o’tdi. Tadbir AKT vazirligi, Central Asia Distribution hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti ko‘magida IT Park, Cisco va digital operator Beeline Uzbekistan tomonidan tashkil etildi.
Tadbir mamlakatimiz yoshlarining axborot xavfsizligiga qiziqishini oshirish, shuningdek, ushbu yo’nalish bo‘yicha ko‘nikma va salohiyatni shakllantirishga qaratilgan.
Turnir dasturi bir kunga mo‘ljallangan bo‘lib, 4 ta laboratoriya ishlarini o‘z ichiga oldi.