TShIUda »International Ideathon Central Asia 2022» bo’lib o’tmoqda

2022-yilning 9-11-sentabr kunlari Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan talabalar uchun “International Ideathon Central Asia 2022” uch kunlik oflayn tadbiri o‘tkazilmoqda.
Ideaton – g’oyalar raqobatini o’z ichiga olib, ishtirokchilarga berilgan mavzu bo‘yicha loyiha g‘oyalarini ishlab chiqish, so‘ngra ularni hakamlar hay’atiga taqdim etib va fikr-mulohazalarini oladilar. G’oyalar aqliy hujum usullaridan foydalangan holda jamoalar orasida shakillanadi. Aqliy hujum paytida jamoalarda murabbiylar/mutaxassislar ishtirokchilarga o’z g’oyalarini to’g’ri yo’nalishda yo’naltirishda yordam beradigan murabbiylik maslaxatlarini va fikrlarini berib borishadi.
“International Ideathon Central Asia 2022” Toshkent shahridagi Inha universiteti va SAP hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda nafaqat O‘zbekiston, balki uzoq va yaqin xorijdan ko’plab talabalar ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova, Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov, IT Park Uzbekistan startap ekotizimlarini rivojlantirish bo‘limi rahbari Farruh Maqsumov, SAP Uzbekistan kompaniyasining savdo bo‘yicha direktori Laziz Adhamovlar kirish nutqi bilan tadbirda ishtirok etdilar.
Ushbu tadbir talabalarga kompaniyalarda uchraydigan turli muammolarni yechimi bo’yicha aralash jamoalarda ishlash ko’nikmalarini shakllantirish imkoniyatlarni taqdim etadi.
Tadbir davomida ishtirokchilar Stenford Dizayn fikrlash usuli hamda SAP platformasi yechimlari bilan tanishadilar va bilimlarni amaliyotga tatbiq etadilar.