Shaxmat boʻyicha «Prokuror kubogi» o’tkazildi

Toshkent shahridagi Inha universitetida 2022-yil 23-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan mahalla yoshlari o’rtasida shaxmat boʻyicha musobaqa oʻtkazildi. Musobaqa o’yinlarini Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi Sh.Irgashev ochib berdi va ishtirokchilarga omad tiladi.
Musobaqa natijasida g’olib bo’lgan yoshlar tuman prokurori tomonidan maxsus sovgʻalar bilan taqdirlandilar.