6 may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Janubiy Koreyalik mutaxassisning “Sun’iy intellekt va milliy mudofaa” mavzusida ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.

UIT tomonidan Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi xodimlari, universitet xodimlari ishtirok etdi. Ma’ruzachi nafaqat Janubiy Koreyada, balki butun dunyoda sun’iy intellekt bo’yicha mashhur mutaxassis doktor Jeon Xong edi. Doktor Jeon Xongning ma’ruzasi rang-barang, ma’lumotli va professional tarzda tuzilgan taqdimot bilan birga bo’ldi.

Tadbir so‘ngida ma’ruza mavzusi yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.