TIUda barcha karantin talablariga rioya qilingan holda «Konsultasiya kuni» bo’lib o’tdi

2021 yil 29 iyulda Toshkent shahridagi Inha universitetida barcha ro’yxatdan o’tgan abituriyentlar uchun «konsultasiya kuni» bo’lib o’tdi.
Koreyadagi Inha universiteti professorlari 2021-2022 o’quv yili uchun kirish imtihonlari va qabul qoidalari to’g’risida batafsil ma’lumot berishdi.
Abituriyentlar imtihon shakli va tartibi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Professor-o’qituvchilar o’z navbatida amaliy tavsiyalar berishdi va barcha savollarga javoblar berishdi.
Har bir abiturientga shaxsiy ID raqamiga ega bilaguzuk taqildi.
Rektor Muzaffar Djalalov boshchiligida Toshkent shahridagi Inha universiteti rahbariyati barchaga yaqinlashib kelayotgan kirish imtihonlarini topshirishda muvaffaqiyatlar tilaydi va sizni TIU talabalari sifatida ko’rishdan xursand bo’ladi!