Toshkent shahridagi Inha universiteti xodimi «Faxriy yorliq» bilan taqdirlandi

10 may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi  tomonidan 7 may «Aloqachilar kuni» munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda shu tizimdagi tashkilot xodimlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 
 
Toshkent shahridagi Inha universiteti Hamkorlikni rivojlantirish va homiylikni jalb etish bo‘limi boshlig‘i Xayitova Gulshan Bobomurodovna axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishda qo‘shgan ulkan hissasi va samarali faoliyati uchun shaxsan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov tomonidan «Faxriy yorliq» bilan taqdirlandi