Toshkent shahridagi Inha universitetida talabalar

 

Toshkent shahridagi Inha universitetida talabalar uchun «Sun’iy aql» mavzusida ma’ruza bo’lib o’tdi. Ma’ruzani, fizika-matematika fanlari doktori, Skolkovo fan va texnologiyalar institutining dotsenti Ivan Valerevich olib bordi.
Uchrashuv davomida professor talabalarni sun’iy aqilning asosiy tamoyillari bilan tanishtirdi va berilgan barcha savollarga javob berdi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov mehmonni qutlar ekan, universitetning axborot texnologiyalari va logistika sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash borasidagi ilmiy faoliyati, talabalar va universitet professor-o’qituvchilari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi, shuningdek universitetning laboratoriyasiga tashrif buyurdilar.