TshIU professori J.Xodjayev “Qishloq xo‘jaligida yoshlarning innovatsion loyihalari” tanlovi g‘oliblaridan biri bo‘ldi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti professori Jasurbek Xodjayev “Qishloq xo‘jaligida yoshlarning innovatsion loyihalari” tanlovining 10 nafar g‘oliblaridan biri bo‘ldi.
Tanlovda ishtirokchilardan jami 80 ta loyiha qabul qilindi.
Taqdim etilgan loyihalar tahlili va atroflicha muhokamasi asosida hakamlar hay’ati 10 nafar g‘olibni aniqladi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti professori Jasurbek Xodjayev turli xil ekologik parametrlarni onlayn monitoring qilish va tahlil qilish uchun intellektual yechimlar loyihasi bilan g‘olib bo‘ldi.
Universitetimizda shunday xodimlar ishlayotganidan juda faxrlanamiz! Professor Xodjayevni Toshkent shahridagi Inha universiteti nomidan g’alaba bilan tabriklaymiz va muvaffaqiyatlar tilaymiz!