Qabul jarayonining shaffofligi
So’nggi paytlarda qator manbalarda Toshkent shahridagi Inha universitetiga o’qishga qabul qilish tartibi bilan bog’liq ma’lumotlar tarqalmoqda.
Toshkent shahridagi Inha universitetida kirish imtihonlari barcha abituriyentlar uchun shaffoflik, akademik halollik va teng imkoniyatlar asosida o’tkazilishini rasman ma’lum qilamiz. Barcha imtihon jarayonlari qat’iy tartibga solingan va natijalarga har qanday tashqi aralashuvni istisno etuvchi Koreya tomonining nazorati ostida amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan, o’qishga qabul qilish, imtihon natijalari yoki talabalikka qabul qilinishga ta’sir o’tkaza oladigan hech qanday «vositachilar», «kafil bo’luvchilar» yoki boshqa shaxslar mavjud emasligiga alohida e’tibor qaratishingizni so’rab qolamiz. Ushbu turdagi har qanday takliflar firibgarlik hisoblanadi.
Abituriyentlar va ularning ota-onalarini hech qanday xususiy shaxslarga va shubhali ma’lumot manbalariga ishonmaslikka chaqiramiz. Yagona ishonchli manba faqatgina Toshkent shahridagi Inha universitetining rasmiy kanallari bo’lib qoladi.
