Joriy yilning 13-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida tashkil qilingan «SPG» (Student Promotion group) harakatining 2021-2022-o’quv yili bo’yicha yopilish marosimi bo’lib o’tdi. Marosim davomida yil davomida faol bo’lgan harakat a’zolari munosib taqdirlandi.
«SPG» harakati a’zolari yil davomida butun Respublika bo’ylab 180 tadan oshiq o’quv dargohlari, shu jumladan, maktab, litsey, o’quv markazlari va boshqalarda bo’lishdi.
Eslatib o’tamiz, SPG harakati abituriyentlarga hozirgi paytda IT sohasining o’rni, Universitetlarga kirish imkoniyatlari hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti haqida batafsil ma’lumot berish maqsadida tashkil qilingan.
Quyida ular tomonidan olingan lavhani tomosha qilishingiz mumkin.