9 oktyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “AQSh va Toshkentda havo sifatini boshqarish” mavzusida ma’ruza bo’lib o’tdi

 

9 oktyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetiga AQSh Elchixonasining delegatsiyasi tashrif buyurdi: havoning sifati bo’yicha mutaxassis Anondo Muxerji, iqtisodiyot bo’yicha mutaxassis Xolli Maylz, bitiruvchilar koordinatori O’tkirbek Tajimov va atrof-muhit, fan, texnologiyalar va sog’liqni saqlash masalalari bo’yicha mutaxassis Ekaterina Biryukova.
Ma’ruza doirasida ishtirokchilar mavzu bo’yicha taqdimotlar va ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar, shuningdek Amerika Qo’shma Shtatlaridagi ta’lim almashinuv dasturlari to’g’risida gaplashdilar.
Tadbirning yakuniy qismida fikr almashildi.