Bizning faxrimiz! Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi Janubiy Koreyadagi eng nufuzli universitetining magistratura bosqichida o‘qish uchun grant yutib oldi.

Mening ismim Stitsyuk Artyom va bu 2021 yilda men ICE fakultetini tugatdim.
 
Janubiy Koreyaning qaysi universitetiga kirdingiz?
 
Men Seuldagi Xanyan universitetiga Janubiy Koreya hukumatining GKS (Global Korea Scholarship) stipendial dasturi bo‘yicha sun’iy intellekt yo‘nalishiga o‘qishga kirdim.
 
Xanyan Osiyodagi eng ilg‘or texnik universitetlaridan biridir. Bundan tashqari, ushbu universitetda sun’iy intellekt bo‘yicha kuchli dastur mavjud.
 
Koreya axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi sohasida dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biridir. Men ko‘p yangi bilimlarga ega bo‘lishni, SI mutaxassislari bilan muloqot qilishni va tadqiqotlar o‘tkazishni kutmoqdaman.
 
Xanyan universitetiga kirish jarayonining eng qiyin bosqichi qaysi edi?
 
Ehtimol, intervyu eng qiyin bo‘lgan deb o‘ylayman, chunki men uni koreys tilida topshirdim (tilni bilmaganlar ingliz tilida suhbatdan o‘tdilar). Bu mening koreys tili ona til bo‘lgan so‘zlashuvchilar bilan tabiiy muloqotdagi birinchi amaliyotim edi.
 
Men Koreya universitetlariga kirmoqchi bo‘lganlarning barchasiga tilni o‘rganishga katta e’tibor berishni maslahat beraman. Tilni bilish sizning o‘qiydigan mamlakat madaniyatiga bo‘lgan munosabatingizni ko‘rsatadi.
 
Kelajakda qanday rejalaringiz bor?
 
Magistraturani tugatgach, doktorlik dissertatsiyasini  yoqlashni rejalashtirmoqdaman. Shundan keyin nima bo‘ladi, men hali bilmayman, ammo yaqin 4-5 yillar ichida yangi bilimlarni o‘zlashtirishni rejalashtirmoqdaman.
 
Toshkent shahridagi Inha universiteti haqida nima deya olasiz?
 
TIU mening ta’lim va talabalik xayotimda muhim rol o‘ynadi. Universitetimiz o‘z talabalariga samarali o‘qishlari uchun barcha kerakli sharoitlar yaratishga intiladi (konditsioner, proyektor, internet, shinam o‘rindiklar va keng jihozlangan sinflar).
 
Professorlar esa, Inha universitetining alohida faxridir. Bizga butun dunyodan kelgan mutaxassislar dars berishadi, ularning har biri MIT, Harvard va KAIST kabi eng baland jahon darajasidagi ta’lim muassasalarida tahsil olgan. Ularning barchasi o‘z tajribalari bilan bo‘lishib, talabalarning fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otadilar. Mening kelajagim va Koreyadagi xayotim to‘g‘risida har doim o‘z maslahatlari bilan yordam bergan va muvaffaqiyat qozonishimda va o‘qishga kirishimda katta rol o‘ynagan professor An va professor Noxga alohida minnatdorchilik bildiraman.