“Innovatsiyalar va tadbirkorlik yetakchilari uchun o‘quv lageri”

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Gruziyaning Batumi shahrida boʻlib oʻtayotgan Yevropa innovatsion akademiyasining “Innovatsiyalar va tadbirkorlik yetakchilari uchun o‘quv lageri”da ishtirok etish uchun saralab olindi. Ushbu dastur Kavkaz universiteti, AQSh bozorga kirish markazi (USMAC) va “Satartup Connect” bilan hamkorlikda tashkil etilgan. O’quv lageri Berklidagi Stenford universiteti professorlari, Google, Facebook va Kremniy vodiysidagi boshqa yetakchi tashkilotlar rahbarlari tomonidan o’tkaziladi.