IUTda «Til bor ekan, millat barhayot» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

 

Joriy yilning 18 oktyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat tili to’g’risida» gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligining 30 yilligini keng nishonlash to’g’risida 2019 yil 4 oktyabrdagi PQ-4479-sonli qarorida belgilangan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, «Til bor ekan, millat barhayot» mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda universitet talabalari, xodimlari va professor-o’qituvchilari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Toshkent shahridagi Inha universiteti prorektori, filologiya fanlari doktori Turdimurat Tursunmuratov 21 oktyabr O’zbekistonda o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanayotganini ta’kidladi. Shuningdek, o‘zbek tili xalqimizning buyuk boyligi ekani ta’kidlandi.

Tadbir talabalarda chuqur taassurot qoldirdi.