«Open Air cinema» kechasi tashkil etildi

2022 yilning 17 aprel kuni «Ekopark» bog’ida Toshkent shahridagi Inha universiteti talaba yoshlari uchun Mirzo Ulug’bek tuman hokimligi, O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Mirzo Ulug’bek tumani bo’limi, Mirzo Ulug’bek tumani Milliy gvardiyasi bilan hamkorlikda «Open Air kino» kechasi tashkil etildi.

Tadbir maqsadi: Yoshlarimizni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, vatanga sodiqlik va kelajakka maqsad uyg’otish va ularni bo’sh vaqtini mazmunli oʻtkazishdan iborat.

Tadbir juda ham qiziqarli va maroqli tarzda bo’lib o’tdi! Tadbirda 50 dan ortiq talaba yoshlar ishtirok etdi.

🔹Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalariga tashabbuslari uchun minnatdorchilik bildiramiz!