Qishki ta’til davomida TshIU talabalari O‘zbekistonning turli viloyatlarida IT bo‘yicha qator ma’ruzalar o‘tkazdilar

Zarafshonlik talabalarimizdan biri Nodira Axmedova Navoiy viloyati, Zarafshon shahri 3-son umumta’lim maktabida o’quvchilarni IT sohasiga qiziqtirish uchun taqdimot o’tkazdi.

Navoiyning Xatirchi tumanidan bo’lgan yana bir faolimiz Sardor Najmiddinov mazkur tumanning 7, 20, 22, 33-son umumta’lim maktablari yoshlari bilan uchrashib IT sohasini targ’ib qildi.

Samarqand shahri, Samarqand Davlat chet tillar instituti qoshidagi “Live&Learn” o’quv markaziga “SPG” harakati a’zolari Shamsiddin Nishonov hamda Davronov Elbeklar tashrif buyurishdi.

Shaxzod Mavlonov hamda Ulug’bek Nazarovlar esa Samarqand shahri IT-Parkda, IELTS markazi hamda boshqa o’quv markazlarida yoshlar bilan uchrashib, ularga zamonaviy dunyoda ITning o’rni, bu sohaning hozirda dolzarbligi hamda qanday qilib shu sohada mukammal ilm olish haqida seminar o’tishdi.

Shuningdek, talabalar Alisher Hamidov, Rasul Mamashev, Daler Hakimov va Romiz Ahrorovlar Samarqand shahridagi eng nufuzli ta’lim markazlarida bo‘lib, taqdimot o‘tkazdilar hamda o’quvchilarning barcha savollariga javob berdilar. Hamda talabalar Innovatsion markazda, abituriyentlar orasida mashhur bo‘lgan Vektor va ShohruhMath o’quv  markazlarida taqdimot o‘tkazdilar. Bundan tashqari, talabalar Apex school, Leader Education va Creative Academy kabi til markazlariga tashrif buyurishdi. Shunday qilib Alisher Hamidov, Rasul Mamashev, Daler Hakimov va Romiz Ahrorovlar 300 dan ortiq o’quvchi va abituriyentlar uchun taqdimot qilishdi.

Mallayev Alisher, Shahrizoda Mirzayeva hamda Romiz Axrorov jamoasi ham IT sohasini targ’ib qilishda davom etishmoqda. Faol talabalarimiz Samarqand shahri 1-IDUM, 34-son hamda 17-son o’rta maktablar, 1-son akademik litsey, Innovatsiya markazi hamda Kembridj o’quv markazida faoliyat olib borishdi. Ular tashrif buyurgan maskanlarda o’quvchi hamda abituriyentlar taqdimotdan o’zlari uchun foydali ma’lumotlar olishdi.

Buxoro viloyati, Buxoro shahrida joylashgan Matematika o’quv markazi hamda “Sirius math club” markaziga 1-bosqich talabamiz Subhiddin Nuriddinov tashrif buyurib, Toshkent shahridagi Inha universiteti haqida tassurotlari hamda IT sohasi haqida o’z bilganlarini bo’lishdi. Buxorodan yana bir talabamiz Nutfilloyeva Ferangiz Buxoro shahrining bir nechta o’quv markazlariga tashrif buyurdi.

Xorazm hamda Qoraqalpoq taraflardan esa Daler Bakhrombekov Xorazm viloyati, Yangiariq tumanida joylashgan PTC o’quv markaziga tashrif buyurgan bo’lsa, Makhinura Teberikova hamda Ernazar Aytekov Nukus shahrida joylashgan 46-sonli o’rta maktabga tashrif buyurishib, maktab o’quvchilari hamda abituriyentlarni IT sohasiga qiziqtirib, bu sohaning sirlaridan boxabar qilishdi.

SPG harakati albatta bugungi kunda ham yana davom etmoqda. Qolgan yangiliklardan ham sizni albatta, xabardor qilib boramiz.