Talabalar va xodimlar oʻrtasida davra suhbati tashkil etildi

Toshkent shahridagi Inha universitetida 2022 yil 3 mart kuni professor-oʻqituvchilari va talaba-oʻquvchilari oʻrtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida“Dunyoviy davlat va maʼrifat” va “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari boʻyicha qoʻmita vakili O.Sattorov ishtirok etdi. Tadbirda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.