Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari “Seeds For The Future” nufuzli loyihasi ishtirokchisiga aylandilar!

Katta mamnuniyat bilan sizlarga shuni ma’lum qilamizki Nodira Otabekova va Rustam Mustafoyevlar tanlovdan muvaffaqiyatli o’tdilar.

Loyihaning Global elchisi, universitetimiz bitiruvchisi Nodira Tillaeva boshchiligidagi O‘zbekistonlik talabalar bilan birgalikda 2-9 sentabr kunlari Qatarning raqamli dunyosi  bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Bu muhim qadam nafaqat ularning intellektual qobiliyatlari va mehnatsevarligi, balki salohiyatining jahon miqyosida e’tirof etilganidir.

Talabalarimizni chin yurakdan tabriklaymiz va muvaffaqiyatlar tilaymiz!