Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi «El-yurt umidi» jamg‘armasi stipendiya tanlovida g‘olib bo‘ldi

Toshkent shahridagi Inha universitetining SOCIE fakulteti talabasi G‘aniyev Abdulloh “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasini qo‘lga kiritib, xorijiy oliy ta’lim muassasasining bakalavriat bosqichiga o‘qishga kirdi.
Xususan, A.G‘aniyev 2022-yildan boshlab Amerikaning nufuzli universiteti – Arizona universitetida tahsil oladi. Arizona universiteti Jahon universitetlari reytingi markazi ma’lumotlariga ko’ra, 2017-yilda dunyoda 52-o’rinni va AQShda 34-o’rinni egallaydi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti nomidan Abdullohni tabriklaymiz va muvaffaqiyatlar tilaymiz!