Toshkent shahridagi Inha universitetida talabalar o’rtasida shaxmat va shashka bo’yicha shahar birinchiligi bo’lib o’tdi

 

Tanlov 2020 yilda bo’lib o’tadigan Respublika Universiadasida ishtirok etish uchun saralash bosqichiga aylandi.

13 yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida poytaxtimizdagi  barcha oliy o’quv yurt talabalari o’rtasida shaxmat va shashka bo’yicha Toshkent shahar chempionati bo’lib o’tdi. Musobaqada 40 dan ortiq sportchilar ishtirok etdilar.

Shaxmat o’yinlari natijalariga ko’ra yigitlar o’rtasida birinchi o’rin O’zbekiston Milliy universitetining talabasi Muzaffar Eminjanov, Ikkinchi o’rin – Toshkent Irrigatsiya va  Qishloq Xo`jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti talabasi Yuldoshev Hushnudbek, uchinchi o’rin – Toshkent To’qimachilik va Yengil Sanoat instituti talabasi Solijonov Begzod va shunindek qizlar o’rtasida shamat boyicha brinchi orin sovrindori O’zMU talabasi Abdukarimova Hilola,2 – o’rin Jahon Iqtisodiyot va Diplomatiya universiteti talabasi Oydin Karimova va 3-o’rin Iqtisodiyot universiteti talabasi Dildora Alieva egallladi.

Shuningdek shashka o’yinlari natijalariga ko’ra  yigitlar orasida 1-o’rin Toshkent Irrigatsiya va  Qishloq Xo`jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti talabasi Sultamurod Nematov,2-o’rin Toshkent To’qimachilik va Yengil Sanoat instituti talabasi Bobur Sattorov, 3-o’rin Toshkent Davlat Pedagogika universiteti talabasi Bozorov Ulugbek va qizlar o’rtasida shahmat boyicha birinchi o’rin Toshkent Davlat Pedagogika universiteti talabasi Nasiba Sobirova, 2-chi o’rin Toshkent to’qimachilik va Yengil Sanoat instituti talabasi Imomnazarova Farangiz va uchinchi o‘rin sohibi Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi Mukarram Qodirova egalladi.


Respublika universiyadasi 23-26 yanvar kunlari Navoi shahrida bo’lib o’tadi.