TshIU talabalari IT konferensiyada ishtirok etishdi

2022-yil 5-aprel kuni “Hilton” mehmonxonasida bo’lib o’tgan anjumanda Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari qatnashishdi. Tadbir “Yuksalish” milliy harakati tomonidan “Mintaqaviy muloqot” tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Anjumanda davlat boshqaruvini raqamlashtirish, sun’iy intellektdan foydalanish, IT-texnologiyalar va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida mutaxassislar yangi texnologiyalarni joriy etishda mavjud texnik imkoniyatlarni namoyish etdi. Tadbir so‘ngida savol-javob jarayoni tashkil etilib, unda TshIU talabalari IT-texnologiyalari bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishda ishtirok etdilar.